23 Yanvar 2023 yil 619

Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi muhokamada

O’tgan yil davomida Jizzax shahri hududida voyaga yetmaganlar o’rtasida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Jizzax shahar IIB tomonidan shahar prokuraturasi hamda mutasaddi korxona va tashkilotlar hamkorligida o’tkazilgan yig’ilishda bu boradagi ishlar xususida so’z bordi. SHuningdek, sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilinib, sabab va oqibatlari tushuntirildi.

Yig’ilishda farzandiga ta’lim-tarbiya berish borasidagi majburiyatini bajarmaslik, voyaga yetmaganlarning tungi vaqtda ko’ngilochar joylarda bo’lishiga yo’l qo’ygan hamda voyaga yetmaganlar mehnatidan foydalanish holatlari bo’yicha ota-onalar, mas’ul mansabdorlar ma’muriy javobgarlikka tortilgani aytildi. 2 ta holatda esa o’rta umumta’lim maktablari o’quvchilari avtotransport vositalarini boshqarish bilan bog’liq huquqbuzarlik sodir etishgani qayd etildi.

Bundan tashqari, dars mashg’ulotlariga qatnashmay, nazoratsiz shahar hududida bemaqsad yurgan voyaga yetmaganlar hamda profilaktik hisobga olingan o’quvchilar bilan olib borilgan ishlarga ham diqqat qilindi. Xullas yig’ilishda yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar ko’rsatilib, kelgusida o’rta umumta’lim maktablarida ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish, voyaga yetmaganlar o’rtasida jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olishga qaratilgan manzilli profilaktik chora-tadbirlar muhokama qilindi. Ularni amalga oshirish bo’yicha mutasaddilarga vazifalar yuklatildi.

 

Jizzax shahar IIB axborot xizmati

Text to speech