18 Sentyabr 2021 yil 1075

Voyaga yetmaganlar o’rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o’tkazildi

Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’linmasi voyaga yetmaganlar va yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish guruhi xodimlari tomonidan tungi vaqtda bemaqsad yurgan voyaga yetmaganlarni aniqlash, ular bilan profilaktik ishlar olib borishga qaratilgan tadbirlar o’tkazilmoqda.

Profilaktik tadbir Jizzax shahar prokraturasi, Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasi, shahar voyaga yetmaganlar masalalari bo’yicha maxsus komissiya hamda shahar xalq ta’limi bo’limi mas’ullari hamkorligida o’tkazildi. SHu ma’noda komp’yuter o’yinlari maskanlari, kafe, restoran, bar va choyxonalar ko’zdan kechirildi.

O’rganishlar davomida tungi soat 22:00 dan keyin komp’yuter o’yinlari maskanlarida voyaga yetmaganlar uchratilmadi. Biroq, ayrim umumiy ovqatlanish shoxobchalarida ma’lum haq evaziga ishlash holatlari qayd etildi.

Tadbir doirasida o’quv yili boshlangan bo’lsada, maktabga bormayotgan o’quvchilar bilan suhbatlar tashkil etildi. Bir nafar voyaga yetmagan shaxsning uyidan chiqib ketganligi holati bo’yicha uning onasi ishtirokida tushuntirish ishlari olib borildi.

SHuningdek, ushbu voyaga yetmagan vaqtincha jinoyat ishlari bo’yicha Jizzax shahar sudining ajrimi bilan viloyat ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasiga qarashli voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko’rsatish markaziga joylashtirildi.

Text to speech