26 Mart 2021 yil
867
Xatolaridan kerakli xulosa chiqargan shaxslar kechirildi
Zomin tumani ichki ishlar organlari probatsiya guruhida nazoratda turgan shaxslarni to’g’ri yo’lga qaytarish, ijtimoiy moslashtirish choralari ko’rilayapti. Jazoni o’tash tartib-qoidalariga qat’iy bo’ysunib, o’nglanish yo’liga kirgan mahkumlarning jazosi yengiliga almashtirilmoqda.
SHu ma’noda Jinoyat ishlari bo’yicha Zomin tuman sudi tomonidan Dashtobod shaharchasidagi bolalar musiqa va san’at maktabida sayyor sud o’tkazildi.
Sudda 5 nafar ozodlikni cheklash hamda axloq tuzatish ishlari jazosini o’tayotgan mahkumlarning ishi ko’rilib, to’rt nafari muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi. Bir nafar shaxsning jazosidan barcha cheklovlar olib tashlandi.