2 Avgust 2024 yil 2626

Sharof Rashidov tumanida “Xavfsiz tun” profilaktik tadbiri o`tkazildi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari, podpolkovnik Rahmatulla Bo`riev qizil toifaga kiruvchi “Xalqobod” va “Sharilloq” mahalla fuqarolar yig`iniga tungi xizmatga jalb etilgan sohaviy xizmatlar xodimlariga yo`riqnoma berdi.

Shuningdek, mutasaddilar “Sharilloq” MFYda ettilik tomonidan kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Bundan tashqari umumiy ovqatlanish shohobchalari, savdo va ko`ngilochar joylarda targ`ibotlar qilindi. Tadbir davomida alkogol mahsulotlari iste’mol qilib, fuqarolar tinchligi, jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzgan fuqarolarga profilaktik suhbat o`tkazib, ma’muriy chora ko`rildi.

“Xavfsiz tun” profilaktik tadbiri doirasida yo`l transport hodisalarining oldini olish hamda harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan reyd tashkil qilindi.

Text to speech