7 Mart 2022 yil 574

Xizmat ko’rsatish darajasi muhokamada

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasida o’tkazilgan yig’ilishda aholiga xizmat ko’rsatish darajasini yanada yaxshilash masalasi muhokama qilindi.

Yig’ilish Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan tashkil qilindi. Unda O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi “Innovatsiya loyihalari va aholiga servis xizmatlar ko’rsatish markazi” davlat unitar korxonasining Jizzax viloyati filiali rahbar va xodimlari ishtirok etishdi. Tadbirda aholiga xizmat ko’rsatish sifatini yanada yaxshilash, fuqarolarning murojaatiga asosan ularga pullik xizmat ko’rsatishdagi mavjud muammolar hamda yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar muxokama etildi.

SHuningdek, markaz xodimlari o’zlarining xizmat vazifalariga kirmaydigan ichki ishlar organlari xodimlari vakolati doirasidagi xizmatlar yuzasidan fuqarolar hamda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati xodimlari bilan muloqotga kirishmaslik kerakligi tushuntirildi.

Bundan tashqari xodimlar xizmat ko’rsatish chog’ida fuqarolar bilan xushmuomalada bo’lishi, noo’rin hatti-harakatlarga yo’l qo’maslik, aholiga servis xizmatlar ko’rsatish madaniyatiga rioya qilish va tasdiqlangan narx asosida to’lovlarni amalga oshirish hamda belgilangan vazifalaridan chetga chiqmasliklari kerakligi haqida ogohlantirildi.

Text to speech