Xodimlar sinovdan o’tkazilmoqda
Jizzax viloyati ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari xodimlarining ma’naviyat va ma’rifat darslarini o’zlashtirganlik darajasi sinovdan o’tkazilmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o’zgarmoqda. YUrtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan hayotbaxsh g’oyaning ahamiyati tobora ortib borayapti.
SHu ma’noda Jizzax viloyati ichki ishlar organlarida xodimlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi yangilanishlar jarayonlaridan xabardorlik darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Haftaning shanba kunlari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muntazam o’tkazilib borilayotir.
SHu kunlarda xodimlarning o’tgan 2021 yil davomida “Ma’naviyat va ma’rifat darslari”ni o’zlashtirganlik darajasi aniqlash maqsadida sinov imtixonlari olinmoqda. Navbatdagi sinov viloyat ichki ishlar boshqarmasi patrul’-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlaridan qabul qilindi.
Xuddi shunday, ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari, Jizzax shahar va Zomin tumani ichki ishlar boshqarmasi hamda barcha tuman ichki ishlar bo’limlari xodimlarining ma’naviyat darslarida olgan bilimlari baholanmoqda.