26 Fevral 2022 yil 516

Xodimlar va ularning yaqinlari bilan muloqot o’tkazildi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan YAngiobod va Zomin tumanlarida ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolari, yaqinlari bilan uchrashuv o’tkazildi.

YAngiobod tumani ichki ishlar bo’limida o’tkazilgan yig’ilishda ichki ishlar organlarida xizmat qilishning mas’uliyatli va sharafli tomonlari haqida so’z bordi. Xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, xodimlar o’rtasida turli salbiy illatlarning oldini olish, fuqarolar bilan muomala madaniyatini yaxshilash kabi masalalarda maslahat va tavsiyalar berildi.

SHu bilan birga fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashda ichki ishlar organlari xodimlarining xizmatlari e’tirof etildi.

Tadbir davomida o’z xizmat vazifasini sidqidildan bajarib, safdoshlariga namuna bo’layotgan bir guruh xodimlarning ota-onalariga viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining tashakkurnomasi topshirildi.

Zomin tumani ichki ishlar boshqarmasida ham xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, xodimlarning ruhiy-ma’naviy tarbiya darajasini, kasb mahorati va bilimlarini oshirishga qaratilgan uchrashuv bo’lib o’tdi. Tadbirda ichki ishlar organlarida xizmat intizomi talablariga, qonunchilikka rioya qilish, mavjud muammolar va ularga yechim topish yo’llari haqida so’z bordi.

Uchrashuv davomida har bir xodimga nisbatan e’tiborliroq bo’lish, ularning ruhiy-psixologik holatini va oilalaridagi holatni batafsilroq o’rganish lozimligi qayd etildi. SHuningdek,  xodimlarning ota-onalari va turmush o’rtoqlari xizmat faoliyat uchun tashkil qilingan qulay shart-sharoitlar, huquqiy va ijtimoiy himoya, xodimlar va ularning oilalarini moddiy qo’llab-quvvatlash to’g’risida ma’lumot berildi.

Text to speech