12 Mart 2022 yil 540

Xodimlarning malakasi oshirilmoqda

Jinoyatlarning oldini olish va unga qarshi kurashishda barcha ichki ishlar organlari xodimlari tergovga qadar tekshiruv o’tkazish asoslari, uning asosiy vazifa va funksiyalari hamda ushbu faoliyatni protsessual rasmiylashtirish tartibi va shakllari haqida yetarli darajada ma’lumot va ko’nikmalarga ega bo’lishlari zarur. SHu ma’noda, viloyatdagi barcha ichki ishlar organlarida o’quvlar tashkil qilinib, xodimlarning malakasi oshirilmoqda. Do’stlik tumanida o’tgan shunday tadbirda Arnasoy hamda Mirzacho’l tumanlari ichki ishlar bo’limlari xodimlari ham ishtirok etishdi.

Tadbirda jinoyat haqidagi ariza va xabarlarni qabul qilish, ko’rib chiqish va tergovga qadar tekshiruv, qanday holatlarda kechiktirib bo’lmas tergov harakatlarini o’tkazish tartiblari haqida to’liq tushuntirishlar berildi. SHuningdek, tergov-tezkor guruhi faoliyati, jinoyat ishini qo’zg’atish va uni rad qilish, tergovga qadar tekshiruvni tamomlash bo’yicha xodimlarning bilim va malakalari oshirildi.

Tadbirlarda ye-material tizimiga murojaatlarni joylashtirish va ijrosini ta’minlash, ayni yo’nalishda mas’ullar tomonidan yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar ham ko’rsatilib, har bir murojaat o’z vaqtida ko’rilishi lozimligi uqtirildi.

O’quvda qatnashchilar mavzu yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Xuddi shunday, Paxtakor hamda Zafarobod tumanlari ichki ishlar organlari xodimlarining bilimlari oshirildi.

 

Text to speech