19 Dekabr 2022 yil 457

Yаshiringani foyda bermadi

Toshkent shahri Sirg’ali tumani Ziyokor mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi SH.YU. Jizzax viloyatida o’g’irlikka qo’l urdi. Ammo ko’p o’tmay uning jinoyati fosh qilindi. Jazoga tortilishini sezgan ayblanuvchi qochib qoldi. 

SHu bois jinoyat ishlari bo’yicha Jizzax viloyati Zarbdor tumani sudi tomonidan 2022 yilning 2 dekabrida ayblanuvchiga nisbatan qidiruv e’lon qilindi. Tabiiyki, ichki ishlar organlari xodimlari qochoqni qonuniy javobgarlikka tortish choralarini ko’rdilar. YA’ni SH.YU.ning poytaxtdagi yashirin manzili aniqlanib, qo’lga olindi. Ayni vaqtda u hibsxonada.

Text to speech