16 Iyul 2025 yil 414

Faoliyat tahlil qilindi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida joriy yilning o`tgan olti oyida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazildi.

Yig`ilishda Ichki ishlar vazirining o`rinbosari, general-mayor Bahodir Mirzarahimov, Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirovlar ishtirok etdi.

Videosellektorda hududda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, yo`l-harakati xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar xususida ma’lumotlar berildi. O`z navbatida erishilgan natijalar bilan bir qatorda yo`l qo`yilgan kamchiliklarga to`xtaldi.

Muhokamada jinoyatchilikning ayrim turlari oshgan hududlarda tashkiliy, tezkor hamda profilaktik tadbirlar olib borish lozimligi qayd etildi. Shu ma’noda mas’ullarga jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikni jilovlash bo`yicha ko`rsatmalar berilib, galdagi muhim vazifalar belgilandi.

Shuningdek, yig`ilishda soha xodimlari o`rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni ta’minlash, korrupsion holatlar, ayniqsa, tamagirlikka yo`l qo`yilishining oldini olish bo`yicha tavsiyalar berilib, zarur talablar etkazildi.

Text to speech