21 Avgust 2023 yil 704

Yo’l qoidalariga rioya qilish – xavfsizlik kafolatidir

Jizzax viloyati IIBda “Yo’l qoidalariga rioya qilish – xavfsizlik kafolatidir” mavzuida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Yig’ilishda viloyat IIB JXX YHXB axborot guruhi katta mutaxassisi, mayor Erkin Ochilov “Yo’l qoidalariga rioya qilish – xavfsizlik kafolatidir” mavzusida ma’ruza qildi. Notiq o’z so’zida sodir etilayotgan yo’l transport hodisalari, ularning sabab va oqibatlari, tegishli yo’l belgilarini o’rnatish, haydovchilar bilan bir qatorda piyodalar ham ma’lum majburiyatlarga egaligini qayd etib, yo’llarda harakat xavfsizligini ta’minlash, yo’l qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish borasidagi ishlarga to’xtaldi.

Ma’rifatda, bundan tashqari viloyat IIB ekspert-kriminalistika tizimi xodimlari o’rtasida o’tkazilgan “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” ko’rik-tanlovining viloyat bosqichi g’oliblariga diplom va sovg’alar topshirildi. SHu bilan birga sportning qo’l janggi turi bo’yicha erkaklar o’rtasida O’zbekiston kubogi musobaqasida faxrli o’rinlarni egallagan viloyat ichki ishlar organlari xodimlari ham munosib taqdirlandi.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir an’anaviy savol-javoblar bilan yakunlandi.

Text to speech