2 Dekabr 2021 yil 741

Yo’lovchi jarohatlandi

Jizzax shahrining Amir Temur mahallasi hududidan o’tgan Jizzax – G’allaorol 4R-38 yo’lining 25- kilometrida yo’l-ulov hodisasi ro’y berdi.

SHarof Rashidov tumani Qahramon mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi YU.S. boshqaruvidagi “Neksiya”ni orqaga burish uchun qarama-qarshi yo’nalishga o’tayotgan vaqtda Amir Temur mahallasida yashovchi F.X. boshqaruvidagi “Matiz”ga to’qnashgan. Oqibatda “Matiz” yo’lovchisi, Baxmal tumani Do’stlik mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi SH.A. shifoxonaga yotqizildi.

Jabrlanuvchiga sog’ligining buzilishiga olib kelgan og’ir tan jarohati yetkazilgani mutaxassislar tomonidan qayd etilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atildi.

Text to speech