Zafarobodda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko`p qavatli uy-joy fondidagi masalalarni hal etish orqali qish mavsumini betalofat o`tkazishga e’tibor qaratilayapti
Zafarobod tumanida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko`p qavatli uy-joy fondidagi masalalarni hal etish orqali qish mavsumini betalofat o`tkazishga alohida e’tibor qaratilgan. Jizzax viloyati IIB boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov tumanda bo`lib, ayni yo`nalishdagi ishlarni ko`zdan kechirdi. Xususan, 2-, 9-, 11-sonli DMTT, Zafarobod tuman ixtisoslashtirilgan maktab, “Chimqo`rg`on” QFYdagi Chimqo`rg`on oilaviy shifokor punkti, 19- va 20- sonli o`rta umumta’lim maktablarining issiqlik tizimi bilan tanishdi.
“Baraka chevarlari” MChJ faoliyatini o`rganish
chog`ida tuman mutasaddilari bilan ishsiz fuqarolar, ayniqsa yoshlar va
xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o`qitish, tadbirkorlik
tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash borasidagi ishlar muhokama qilindi.
Bundan tashqari “Pistalikent” ShFYdagi ko`prikni
ta’mirlash, zarur yoqilg`i mahsuloti zahirasi hamda aholining ko`mir bilan
ta’minlanganligi, ko`p qavatli uy-joy fondidagi hal etilishi mumkin bo`lgan
masalalarga ham diqqat qilindi. O`z navbatida mas’ullarga qish mavsumini
betalofat o`tkazish, yuzaga kelgan ko`ngilsiz holatlarni qisqa fursatda
bartaraf qilish zarurligi uqtirildi.