Zafarobodlik ikkinchi jahon urushi qatnashchisiga Prezident tabrigi va sovg’alari topshirildi
Bir necha kundan so’ng mamlakatimizda 9 may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlash kuni o’tkaziladi. Joylarda sana munosabati bilan turli tadbirlar uyushtirilayapti. Faxriylar holidan xabar olinib, o’tganlar yod etilmoqda. “Birlik” mahallasida istiqomat qiluvchi ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Mariya Abdurahimova xonadoni ham har qachongidan gavjum bo’ldi.
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov 98 yoshli urush va mehnat faxriysi xonadoniga tashrif buyurdi. Tuman jamoatchiligi, yoshlar hamda harbiylar ishtirokidagi tadbirda boshqarma boshlig’i Respublika Prezidentining Abdurahimova Mariya yefimovnaga yo’llagan bayram tabrigini o’qib eshittirdi va prezident sovg’asini topshirdi.
Tadbirda harbiy orkestr tomonidan kuylar ijro etildi. Keksa avlod vakillariga ko’rsatilayotgan bunday e’tibor va g’amxo’rlik mamlakatimizda inson manfaati, uning sha’ni hamda qadr-qimmati hamma narsadan ustun ekanini yana bir o’z isbotini topdi.