Zarbdor tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarining barvaqt oldini olish borasida keng ko`lamli profilaktik tadbirlar davom etmoqda
Zarbdor tumanining “qizil” toifada turuvchi mahalalariga huquq-tartibot
idoralarining zarur kuch va vositalari jalb etilib, muammolarni hududning
o`zida echish hamda kriminogen vaziyatni barqaror saqlashga alohida e’tibor
berilmoqda. Jizzax viloyati prokurori, adliya katta maslahatchisi Islomjon
Ergashxo`jaev hamda viloyat IIB boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirovlar
tomonidan bu boradagi ishlar o`rganildi. Shu bilan birga tuman IIB JXX
probasiya guruhi nazoratida jazo o`tayotgan mahkumlar bilan muloqot qilindi.
Tadbirda ularning oilaviy sharoiti, bandligi hamda mavjud masalalariga e’tibor
qaratildi.
Tumandagi “Mustaqillik” MFY “qizil” toifadagi hudud sanaladi. O`rganish
davomida mahalladagi beshlik bilan suhbat qilinib, hududda joriy yilning o`tgan
davrida sodir etilgan qonunbuzarliklar tahlil qilindi. Ularning sabab va
omillari aytilib, jinoyatchilikning oldini olishda huquq-tartibot xodimlari
keng jamoatchilik bilan hamkorlikda ish olib borish kerakligi qayd etildi.
Oilaviy ajrimlar, ichkilikka ruju qo`yganlar, nizoli oilalar bilan
ishlash, ularning muammoli masalalarini hal etish bo`yicha qilinadigan ishlar
belgilandi. Xuddi shunday Adirobod mahallasida mahalla faollari va sektorlar
rahbarlari ishtirokida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog`lomlashtirish, jamoat
tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ishlar muhokama
qilindi.
Xizmatni tizimli ravishda mas’uliyat va hushyorlik bilan tashkil
etishga qaratilgan mazkur tadbir chog`ida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf
etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga
olindi. Shuningdek, jinoyatchilikni jilovlash va fuqarolar osoyishtaligini
ta’minlashga qaratilgan tajribalarni ommalashtirish lozimligi tilga olindi.
Jizzax
viloyati huquq-tartibot idoralari rahbarlarining o`rganishlari davom etmoqda.