“O`zbekiston-2030” strategiyasi – xalq strategiyasi”
Jizzax viloyati IIB sohaviy xizmatlari xodimlari ishtirokida
“O`zbekiston-2030” strategiyasi – xalq strategiyasi” mavzuida navbatdagi
ma’naviy-ma’rifiy tadbir o`tkazildi. Yig`ilishda O`zbekiston Respublikasi Ma’naviyat
va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo`limi mutaxassisi Sherzod Nishonov ma’ruza
qildi. Notiq o`z so`zida davlatimiz rahbarining joriy yil 11 sentyabrdagi
“O`zbekiston – 2030” strategiyasi to`g`risida”gi farmoni bilan “O`zbekiston –
2030” strategiyasi tasdiqlangani, unda o`z aksini topgan insonparvarlik
siyosati, “Inson qadri uchun” tamoyili ijrosi yo`lidagi dadil qadamlar, yaqin
kelajakda amalga oshiriladigan keng ko`lamli islohotlar, aniq maqsad va
vazifalar xalqimiz hayotiga yangicha mazmun bag`ishlashini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, ushbu muhim hujjatda aks ettirilgan g`oyalar har bir
fuqaroga o`z salohiyatini rivojlantirish uchun imkoniyatlarni yaratish,
sog`lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab
chiqarishning muhim bo`g`iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish,
adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlashga
xizmat qilishi, davlat organlarining xalq irodasini ifoda etib, uning
manfaatlariga xizmat qilishini yangi bosqichga ko`tarishiga xizmat qilishi
aytildi.
Ma’rifatda, shuningdek IIV hamda viloyat IIB boshlig`ining buyrug`i
bilan navbatdagi maxsus unvonlar xodimlarga topshirildi.
Tadbir davomida IIV “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Jizzax
viloyat kengashi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari
o`rtasida sportning engil atletika turi bo`yicha o`tkazilgan musobaqa
g`oliblari taqdirlanishdi. Shuningdek, an’anaviy tarzda savol-javoblar qilindi.