16 Yanvar 2025 yil 808

O`zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bayram tadbiri uyushtirildi


O`zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida bayram uyushtirildi. “Yangi O`zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida o`tgan tantana avvalida Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov Ichki ishlar vazirining tabrigini o`qib eshittirib, yig`ilganlarni bayram bilan qutladi.

  Shundan so`ng Ichki ishlar vaziri buyrug`i asosida jinoyatchilikka qarshi kurashish va qonunbuzarliklarning oldini olish borasidagi samarali xizmatlari uchun bir guruh xodimlarga muddatidan oldin va navbatdagi maxsus unvonlar, “A’lo xizmatlari uchun”, “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” hamda “To`maris” ko`krak nishonlari, faxriy yorliqlar, esdalik qo`l soatlari, kitoblar jamlanmalari topshirildi.

2 nafar faxriy esa “Ichki ishlar organlarining faxriy xodimi” ko`krak nishoni bilan taqdirlandi. Tadbirda Ichki ishlar vazirligi maxsus operasiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshliqlarining buyruqlari asosida soha faollari rag`batlantirildi.

Text to speech