“Jasorat maktabi” o`quv yig`inining navbatdagi mavsumi boshlandi
Sharof Rashidov tumanidagi harbiy qismda jizzax
tajribasi asosida o`tkazilayotgan “Jasorat maktabi” harbiy-vatanparvarlik o`quv
yig`inining navbatdagi mavsumi boshlandi.
Jizzax viloyati harbiy ma’muriy sektori hamda
Markaziy harbiy okrug qo`shinlari qo`mondonligi tomonidan tashkil etilgan o`quv
yig`ini qatnashchilari 10 kun davomida harbiy qismda Milliy Armiyamiz saflarida
xizmat qilayotgan askar va ofiserlarning hayoti bilan yaqindan tanishishadi.
Bundan tashqari ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari “Rahbar va yoshlar”
uchrashuvlari o`tkazilishi ham belgilangan.
Tantanali tadbir davomida madaniyat xodimlari
tomonidan badiiy dasturi namoyish etilib, harbiy orkestr musiqiy chiqishlar
qilishdi. Yakunda harbiy xizmatchilar va o`quv yig`ini ishtirokchilari minbar
oldidan saf tortib o`tishdi.