8 May 2023 yil 529

Jasoratli xodimlarni yod etib...

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Jizzax viloyati IIBda ichki ishlar organlarida el-yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olishdek mas’uliyatli vazifani ado etish vaqtida halok bo’lgan xodimlarning oila a’zolari ishtirokida tadbir tashkil etildi.

Vatanparvarlik ruhidagi ushbu tadbirda Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov ichki ishlar organlarida xizmat burchini bajarish chog’ida halok bo’lgan xodimlarining ko’rsatgan jasorati va matonati xususida so’z yuritdi. SHuningdek, yurtimizda vatan himoyasi yo’lida halok bo’lgan xodimlarning oila a’zolari hamda ular qaramog’idagi shaxslarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, g’amxo’rlik qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tilga olindi. Mamlakatimiz rahbarining shu yil 13 martdagi “Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo’lida halok bo’lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila a’zolarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan uyushtirilgan tadbirda mehmonlarga sovg’alar topshirildi. 

So’ngra Motamsaro ona yodgorligi poyiga gullar qo’yilib, hurmat ko’rsatildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar Jizzax viloyat ichki ishlar organlari tarixi muzeyida ham bo’lishdi. Ular ushbu maskanda ichki ishlar organlari xodimlarining davlat mukofotlari, jinoyatni ochishda qo’llagan qurilmalari, aloqa vositalari, hujjatlar, jinoyatlarga oid ashyolar, xizmat burchini bajarish vaqtida vafot etgan xodimlarning erishgan yutuqlari haqidagi ma’lumotlar bilan yaqindan tanishishdi.

Text to speech