8 Oktyabr 2021 yil 707

Jazoni ijro etish muassasalaridagi ma’naviy uchrashuvlar

Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish departamenti uchinchi mintaqaviy hudud 29-son manzil koloniyasida mahkumlarning ma’naviy dunyosini boyitishga alohida e’tibor qaratilmoqda. SHu ma’noda, viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazi, mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi, investitsiya va savdo, innovatsion rivojlantirish, iqtisodiyot va sanoat, bank va moliya, yoshlar ishlari agentligi kabi davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda uchrashuvlar o’tkazilayapti.

YOzuvchi va shoirlar bilan ijodiy kechalar tashkil etilmoqda. Tadbirlarda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar, qo’lga kiritilayotgan yutuqlar mahkumlarga yetkazildi. SHuningdek, qonunchilikka kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar, jazoni yengillashtirish, jazoni o’tab bo’lgan shaxslar bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash, faoliyatni rivojlantirish uchun moliyaviy ko’mak berish choralari haqida ham ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari, xalqimizga xos bo’lgan bag’rikenglik, adashganni kechirish va unga to’g’ri yo’l ko’rsatish kabi insonparvarlik tamoyili sud-huquq tizimida olib borilayotgan islohotlar natijasi ekanligi uqtirildi. Joylarda sayyor sud majlislari o’tkazilib, qilgan ishidan chin ko’ngildan pushaymon va tuzalish yo’liga o’tgan mahkumlar muddatidan oldin ozodlikka chiqarilayotgani aytildi.

Manzil koloniyada bu kabi tadbirlar belgilangan chora-tadbirlar asosida muntazam o’tkazib borilmoqda.

 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech