11 Avgust 2023 yil 492

Jinoyat sodir etilgan mahallalarda beshlik faoliyati o’rganilmoqda

Jizzax viloyati IIB JXX huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig’i vazifasini bajaruvchi, podpolkovnik Mirzabek Ro’ziqulov Do’stlik tumanidagi kriminogen vaziyatiga ko’ra qizil toifaga kiritilgan Sanoatchilar mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, mahalla beshligi bilan muloqot o’tkazdi.

Mazkur jarayonda hududda sodir etilgan jinoyatlarning sabab va omillari, fuqarolar yig’ini raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faolining huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan faoliyati hamda profilaktika inspektori tomonidan kiritilgan xulosalar bo’yicha qilingan ishlarga e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga beshlik tomonidan yuritilayotgan ish hujjatlari o’rganildi. Ayni mazmundagi uchrashuv Paxtakor tumanining 3964 kishi istiqomat qiladigan Toshkent mahallasida ham bo’lib o’tdi.

 

Text to speech