29 Dekabr 2021 yil
1261
Jinoyatchi bankda ishlagan
Jizzax shahrining Do’stlik mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi shaxs ichki ishlar organlariga murojaat qilib, unga tegishli bank plastik kartasidan noma’lum shaxs 8 million so’m pullarini yechib olganligini bildirgan.
Jinoyat ishi qo’zg’atilib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyat jabrlanuvchi mijoz bo’lgan bankning chakana xizmatlar bo’limi boshlig’i, Jizzax shahrining Uchariq mahallasida istiqomat qiluvchi shaxs tomonidan sodir qilingani aniqlandi.
SHuningdek, ayblanuvchi yana 10 nafar fuqaroning pulini o’margan. jabrlanuvchilarga jami 133 million 629 ming so’m zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.