26 Noyabr 2022 yil 520

Jinoyatchilikning barvaqt oldini olish faoliyati tahlil qilindi

Jizzax viloyati IIB o’tkazilgan yig’ilishda huquq-tartibotni ta’minlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish borasida amalga oshirilgan tezkor-qidiruv va profilaktik tadbirlar natijasi muhokama qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabr’ kungi “O’zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan hududlarda aholi muammolarini o’rganish va hal etish, jamoat xavfsizligini ta’minlashda davlat organlar, mutasaddi tashkilotlar bilan uzviy hamkorlik yo’lga qo’yilib, mahallalarni jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish va jamoat xavfsizligi konsepsiyasi doirasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan “Yo’l xaritasi” ishlab chiqilgan. SHu asosida viloyat hududida huquq-tartibotni ta’minlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, sodir etilganlarini fosh etishga qaratilgan tezkor-qidiruv va profilaktik tadbirlar o’tkazildi. Natijada mavjud 302 ta mahalladan 148 tasida jinoyat sodir etilishiga yo’l qo’yilmadi.

Qayd etilishicha, mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar masalalari bo’yicha inspektorlar tomonidan xotin-qizlarning turmush tarzi va yashash sharoitlari o’rganildi. Tadbirlar davomida aniqlangan 1 ming 3.00 ga yaqin muammolar bartaraf etildi. O’z navbatida oila-turmush doirasidagi huquqbuzarliklar 43 foizga kamaygan. Yig’ilishda joriy yilning o’tgan davrida viloyatda sodir etilgan jinoyatlar tahlil etilib, yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar ko’rsatib o’tildi.

Bundan tashqari, xotin-qizlar va yoshlar ishtirokidagi qonunbuzilishlar, ularning kelib chiqishiga sabab bo’lgan omillar ko’rsatib o’tildi. Yig’ilishda mas’ullarga huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jinoyatchilikni jilovlash, osoyishtalikni ta’minlash, yoshlar bilan ishlash va bu yo’nalishda davlat va jamoat tashkilotlari bilan uzviy hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha aniq topshiriqlar berildi. Tadbir so’nggida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashning qarori qabul qilinib, bajarilishi lozim bo’lgan muhim vazifalar belgilab olindi.

Text to speech