10 Fevral 2024 yil 4095

Jinoyatchilikni jilovlash borasidagi ishlar o`rganilmoqda

IIVning o`rinbosari, polkovnik Zufar Kurbanovning Jizzax viloyatida jinoyatchilikning ahvoli, bu borada belgilangan vazifalar va tizim xodimlarining mazkur yo`nalishda olib borayotgan ishlarini ko`zdan kechirdi. Xususan, viloyat ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasining ma’muriy binosida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, Yurtboshimizning 2023 yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo`naltirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori asosida nomzodlarni qabul qilish markazida buldi.

Shuningdek, soha xodimlarining xizmat, jangovar tayyorgarligini oshirish maqsadida tashkil etilgan panorama ekranli taktik o`q otish elektron trenajyorni ham ko`zdan kechirdi.

Bundan tashqari Sh.Rashidov tumani “Kuyovboshi” MFY hududida ichki ishlar organlari xodimlari uchun bunyod etilayotgan yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi, Jizzax shahri hamda Forish tumanida jinoyatchilikka qarshi kurashish, osoyishtalikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o`rganildi. Shu qatorda mahllalarda ettilik a’zolari bilan muloqot qilgan vazir o`rinbosari kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, aholi bilan “xonadonbay” va “fuqarobay” ishlash orqali aniqlangan mavjud masalalarini hal etish, yoshlar va xotin-qizlar ishtirokidagi qonunbuzarliklarga barham berish zarurligini ta’kidladi.

Text to speech