Jinoyatchilikning oldini olish maqsadida “Xavfsiz tun” profilaktik tadbiri o`tkazildi
Jizzax shahrida viloyat IIB JXX sohaviy xizmatlari
hamda shahar IIB xodimlari hamkorligida “Xavfsiz tun” profilaktik tadbiri
o`tkazildi. Tadbir avvalida xizmatga jalb etilgan huquq-tartibot organlari,
jamoat tashkilotlari vakillari uchun mas’ullar tomonidan yo`riqnoma o`tilib,
aholi osoyishtaligini saqlash, kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlashga
qaratilgan aniq vazifalar belgilandi.
Jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bilan birga jinoyat hamda huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo`luvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirda viloyat prokuraturasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda boshqa huquq-tartibot organlari mutasaddilari “qizil” toifadagi “Bog`ishamol” hamda “Oqqo`rg`onlik” MFYlarida ettilik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, davlat xizmatchilarining faoliyati samaradorligini oshirish bo`yicha chora-tadbirlar belgilandi.
“Xavfsiz tun” profilaktik tadbiri doirasida shahar IIB JXX probasiya guruhi nazoratida jazo o`tayotgan mahkumlar bilan profilaktik suhbatlar qilindi. Bundan tashqari yo`l transport hodisalarining oldini olish hamda harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan reydlar ham o`tkazildi.