Jizzax akademik liseyining bitiruvchi bosqich o`quvchilarining ota-onalari bilan uchrashuv o`tkazildi
O`zbеkiston Rеspublikasi IIV
shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi mas’ullari vazirlik tizimidagi Jizzax
akademik liseyining bitiruvchi bosqich o`quvchilarining ota-onalari bilan
uchrashishdi. Yig`ilishda yurtimizda yosh avlodning ta’lim olishi, kasb-hunar
o`rganishi uchun yaratilgan qulayliklar tilga olindi. Shuningdek, kelgusida
huquq-tartibot idoralarida xizmat qilish maqsadida ta’lim olayotgan
o`quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitish, bo`sh vaqtlarini mazmunli
o`tkazish lozimligi tilga olindi. Shu ma’noda tavakkalchilikka asoslangan qimor
o`yinlari, ularning salbiy oqibatlari tushuntirildi. Ta’lim tizimida har qanday
korrupsiyaviy xolatlardan ogoh bo`lish va o`quvchilarni faqat bilim orqali
istagan kasb egasi bo`lish g`oyasi orqali tarbiyalash lozimligi aytib o`tildi.
Tadbir davomida fuqarolarning
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini hurmat va himoya qilish, ular
bilan xushmuomalada bo`lish, jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi
kurashish vazifalarini vijdonan bajarishga qodir bo`lgan professional xodimlarni
tayyorlashni ta’minlash, o`quvchilarda sog`lom fikrlash, turli yot g`oyalarga
qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish kabi doimiy e’tibordagi
masalalarga ham e’tibor qaratildi.
Jarayonda o`quvchilarning
ota-onalariga lisеyda tashkil etilgan tayyorlov markazidagi ta’lim sifati
haqida ma’lumotlar taqdim qilindi.