2 Aprel 2024 yil 3806

Jizzax shahrida “Xavfsiz tun” profilaktik tadbirlari o`tkazilmoqda

Jizzax shahrida viloyat IIB JXX sohaviy xizmatlari hamda shahar IIB xodimlari hamkorligida “Xavfsiz tun” profilaktik tadbiri o`tkazildi. Tadbir avvalida xizmatga jalb etilgan huquq-tartibot organlari, jamoat tashkilotlari vakillari uchun mas’ullar tomonidan yo`riqnoma o`tilib, aholi osoyishtaligini saqlash, kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlashga qaratilgan aniq vazifalar belgilandi.

Tadbirda hududdagi mavjud umumiy ovqatlanish shohobchalari, choyxona, restoran va kafelar, savdo va ko`ngilochar majmualarda o`g`irlik, firibgarlik kabi qonunbuzarliklardan ogoh bo`lish kerakligi targ`ib qilindi. Bundan tashqari ushbu maskanlar hamda taroveh namozi o`qilayotgan masjidlarda kuzatuv kameralarining ishlashi, fuqarolar kirib chiqishida nazorat o`rnatilganligi, favqulodda holat vaqtida fuqarolarni evakusiya qilish, shubhali ko`ringan shaxslar va qarovsiz qoldirilgan har qanday buyumlar haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki 102 raqamiga xabar berish lozimligi tushuntirildi.

Xuddi shunday oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joylarida tashkil etilgan Qalqon jamoatchilik guruhi tomonidan talabalar o`rtasida ham profilaktik suhbatlar olib borildi.

Shuningdek, ochiqda jazo o`tayotgan mahkumlar hamda ma’muriy nazorat ostidagi shaxslar bilan profilaktik suhbatlar qilindi. Shu kuni 18 nafar ovchilarning ov qurollarini qay tartibda saqlayotgani ham ko`zdan kechirilib, belgilangan tartibga rioya qilmagan 2 ovchiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Tadbir davomida qarovsiz qoldirilgan 24 ta avtomashina va 41 ta turli buyumlar egalariga topshirilgan bo`lsa, 60 ta korxona va tashkilotlarning idoraviy qorovullarining xizmati o`rganildi.

Yo`l transport hodisalarining oldini olish hamda harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan reydlarda 210 ta yo`l harakati qoidabuzarligi aniqlandi. Ularning 92 tasini qo`pol turdagi qoidabuzarliklar tashkil etadi. Jarima maydonchasiga esa 21 ta transport vositalari joylashtirildi.


Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech