18 Mart 2021 yil 954

Jizzax shahrida qo’shmachilik faoliyatiga chek qo’yildi

2021 yil 17 fevral’ kuni viloyat ichki ishlar boshqarmasiga kelib tushgan ma’lumot asosida Jizzax shahar Ittifoq mahallasida yashovchi ayol yengil tabiatli qizlarni yollab, fuqarolar bilan jinsiy aloqada bo’lishi uchun ta’minlab kelgan.

Aniqlangan tezkor ma’lumotlarga ko’ra, muqaddam sudlanmagan, oilasi bilan ajrashgan, 1981 yilda tug’ilgan ayol qo’shmachilik faoliyati bilan 2014 yildan buyon shug’ullanib kelgan. U Jizzax shahri Ittifoq mahallasida yashovchi uyida Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm, Andijon va Farg’ona viloyatlaridan bo’lgan 8-10 nafar yengil tabiatli ayollarni saqlab, ularni to’y va marosimlarga raqqosalikka yuborish bilan, shuningdek, mijozlar talabidan kelib chiqib, ayollarni jinsiy aloqa qilishlari uchun ta’minlab kelgan. Ko’rsatgan xizmatlari uchun unga o’z ulushi ajratib berilgan. Jizzax viloyat IIB Terrorizmva ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari tomonidan o’tkazilgan tezkor tadbir davomida ayol hamda 1983 yilda tug’ilgan, Qoraqalpog’iston Respublikasida yashovchi va 1991 yilda tug’ilgan Jizzax viloyati SHarof Rashidov tumanida yashovchi ayollar ashyoviy dalillar bilan qo’lga olindi. 

Ko’rsatilishi lozim bo’lgan navbatdagi xizmat uchun kelishilgan jami 500 ming so’mdan 150 ming so’m haqini olishi kerak bo’lgan ayol dastlab o’zini oqlashga harakat qildi, ammo isbot va dalillar keltirilgandan so’ng ahvoli havas qilgulik emasligini tushundi. Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilgan bo’lib, tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Jizzax viloyat IIB axborot xizmati

Text to speech