7 Mart 2022 yil 347

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirovning 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Jizzax viloyati ichki ishlar organlari tizimida faoliyat ko’rsatayotgan qadrli opa-singillar, faxriy xodimalar! Sizlarni bahor faslining eng go’zal ayomi Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin yurakdan muborakbod etaman. Azizlar yurtimiz taraqqiyoti, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga qo’shayotgan ulkan hissangiz, sadoqatli xizmatingiz alohida e’tirofga loyiq.

Bugun xotin-qizlar ichki ishlar organlarining qariyb barcha sohaviy xizmatlarida, shuningdek, rahbarlik lavozimlarida samarali faoliyat ko’rsatmoqda va ular har jabhada safdoshlariga o’rnak bo’lishyapti. O’z navbatida eng fidoyilar davlat mukofotlari bilan taqdirlanmoqda, IIV hamda boshqarmamiz tomonidan munosib rag’batlantirilayotir. 

Bular hammasi Prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan islohotlar, xususan, xotin-qizlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlardagi ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlar natijasidir.

Joriy yilning 1 mart kuni xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash hamda ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash masalalariga bag’ishlab o’tkazilgan yig’ilishda davlatimiz rahbari: “Bugungi farovon hayotimiz ham, yorug’ kelajagimiz ham ayollarga bog’liq. Agar xalqimiz bizdan rozi bo’lishini xohlasak, avvalo, mo’’tabar onalarimiz, opa-singillarimiz uchun munosib turmush sharoitlari yaratishimiz kerak. Ona rozi bo’lsa, oila rozi bo’ladi, oila rozi bo’lsa, jamiyat rozi bo’ladi”, deya ta’kidladi.

Mazkur yondashuv tizimimizda ham ustuvor ahamiyat kasb etadi. SHu ma’noda sohada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun qulay xizmat sharoitlari yaratish, ijtimoiy himoyalash choralarini kuchaytirib boraveramiz.  

Muhtarama ayollar, aziz opa-singillar, fursatdan foydalanib, barchangizni ushbu ayyom bilan yana bir bor tabriklab, sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Text to speech