31 Dekabr 2021 yil 551

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i general-mayor G’.T.Qodirovning Yangi - 2022 yil munosabati bilan yo’llagan bayram tabrigi

 

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i general-mayor G’.T.Qodirovning Yangi - 2022 yil

munosabati bilan yo’llagan bayram

TABRIGI

 

Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari, qadrli faxriylar sizlarni Yаngi - 2021 yil bilan chin dildan qutlayman.

Aziz do’stlar!

So’nggi yillarda Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda barcha jabhalarda, xususan ichki ishlar organlari tizimida yangilanishlar jarayoni kechmoqda. Chunonchi, sohaga oid qonunlar izchil takomillashtirilib, tizim moddiy-texnik bazasi kuchaytirilmoqda, eng zamonaviy texnologiyalar joriy etilyapti.

Ta’kidlash kerak, islohotlar tufayli sohaviy xizmatlar maqbullashtirilib, departamentlar tashkil etildi. Har bir mahalla o’z profilaktika inspektoriga ega bo’ldi. Tizimda psixolog inspektor, xotin-qizlar masalalari bo’yicha inspektor lavozimlari joriy qilindi. Xodimlarning intelektual, jangovar va jismoniy tayyorgarligini kuchaytirish borasida ham diqqatga molik tadbirlarga qo’l urilmoqda. Xuddi shunday, ichki ishlar organlari xodimlari uchun munosib xizmat sharoitlari yaratish, ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash asosiy e’tibordagi masalalardan biriga aylandi.

Bu jarayonlarga mos ravishda ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash, qonunbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan mas’uliyati ham ortayapti. Ya’ni Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda: “Ichki ishlar organlari shunday ishlashi kerakki, toki xalq davlatdan rozi bo’lsin”.

SHunday ekan, faoliyatimiz mezoni adolat va el manfaatlari bo’lishi shart. YAna aniqki, xalqimiz ichki ishlar organlari xodimlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikni jilovlash borasidagi fidoyiliklarini har qadamda sezadi va qadrlaydi.  Ana shu ishonchga biz har jihatdan loyiq bo’lishimiz kerakligini bir lahza ham unutmasligimiz darkor.

Qadrli hamkasblar!

Fursatdan foydalanib, sizlarni yana bir bor kirib kelgan Yangi - 2022 yil bilan chin yurakdan tabriklab, barchangizga mustahkam sog’lik, xonadonlaringizga fayzu baraka, muqaddas burchingizni bajarishda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Yurtimiz obod, har bir kunimiz osoyishta bo’lsin.

Yangi yilingiz muborak bo’lsin!

 

Text to speech