25 Oktyabr 2024 yil 7165

Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasida “25 oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali tadbir bo`lib o`tkazildi


Jizzax viloyat IIBda “25 oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev hamda Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po`lat Bobojonovning “25 oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayrami munosabati bilan soha xodimlari hamda faxriylariga yo`llagan bayram tabriklarini o`qib eshittirdi.

Tantanali tadbirda Ichki ishlar vazirining buyrug`i bilan bir guruh xodimlarga “A’lo xizmatlari uchun”, И darajali, ИИ darajali va ИИИ darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko`krak nishonlari, faxriy yorliq hamda esdalik sovg`alari topshirildi.

Bundan tashqari maxsus unvonlar, shu bilan birga “Eng yaxshi profilaktika inspektori”, “Eng yaxshi tergovchi”, “Eng yaxshi tezkor xodim”, “Eng yaxshi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosar” nominasiyalari bo`yicha birinchi, ikkinchi va uchinchi o`rinni egallagan xodimlar hamda sodir etilgan jinoyatlarni issiq izida fosh etishda o`zlarining kasb mahoratini namoyon etgan soha xodimlari ham munosib rag`batlantirildi.

Tadbir davomida Sadriddin Shamsiddinov muallifligida chop etilgan “Osoyishtalik yo`lida yarim asr” kitobining taqdimoti ham o`tkazildi. Ushbu kitobda viloyat ichki ishlar organlari tashkil etilgandan buyon o`tgan 50 yillik davr mobaynida sohaviy xizmatlarning takomillashuvi xususida so`z borgan. Shuningdek, ichki ishlar organlari ilg`orlari, rahbar va xodimlarning xizmat faoliyatlari, ichki ishlar organlari xodimlarining bugungi kunda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish yo`lidagi xizmatlari ham yoritilgan.

 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech