Jizzax viloyati IIB boshlig`i general-mayor G`.T.Qodirovning “25 oktyabr–Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tabrigi
Hurmatli ofiserlar, serjant va safdorlar!
Muhtaram faxriylar!
Avvalo, Sizlarni “25 oktyabr – O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar
organlari xodimlari kuni” bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Hech shubhasiz, xalqimiz sizlarni o`z hayotini el-yurt tinchligi va
osoyishtaligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya
qilishdek olijanob ishga bag`ishlagan, muqaddas qasamyodiga sodiq insonlar deb
biladi va mashaqqatli xizmatingizni munosib e’tirof etadi.
Mustaqillik yillarida boshqa sohalar qatori ichki ishlar organlari ham
g`oyat sharafli va mas’uliyatli yo`lni bosib o`tdi. Ayniqsa, keyingi yillarda
muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev rahbarligida ichki ishlar
organlarida keng ko`lamli va puxta o`ylangan islohotlar amalga oshirildi.
Yangi O`zbekistonda “Inson qadri uchun” degan ezgu tamoyil asosida olib
borayotgan islohotlarni hayotga muvaffaqiyatli joriy etishda ichki ishlar
tizimi xodimlari davlatimiz va jamiyatimizning mustahkam tayanchi bo`lib xizmat
qilmoqda.
Sohada amalga oshirilgan tizimli islohotlar natijasida xalq manfaatlariga
xizmat qiladigan, zamonaviy moddiy texnik vositalar bilan ta’minlangan, yuksak
bilim va professional ko`nikmalarga ega vatanparvar kadrlarni o`zida jamlagan,
eng asosiysi, mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishtalikning kafolati bo`la
oladigan yangi tizim yaratildi.
Buni turli xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan jonajon yurtimizni
jinoyatchilikdan holi, eng tinch va osoyishta mamlakatlar qatorida ko`p bora
e’tirof etilganida ham ko`rishimiz mumkin.
Jinoyatchilikning oldini olish, uning sabablarini bartaraf etish
maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasining
“mahallabay” tizimi joriy qilindi, mahallalarda tashkil etilgan
huquq-tartibot maskanlarida huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning birgalikdagi
faoliyati yo`lga qo`yildi.
Hurmatli hamkasblar!
Ichki ishlar tizimidagi islohotlarimizning amaliy natijasini sohaning
har bir xodimi, birinchi navbatda, xalqimiz o`zining kundalik hayotida sezishi
uchun barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.
Fursatdan foydalanib, fidokorona mehnatingiz, Vatanimiz va xalqimizga
sadoqatingiz uchun chuqur minnatdorlik bildiraman.
Sizlarni bugungi qutlug` bayram bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga mustahkam sog`liq, oilangizga fayzu baraka, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.