Jizzax viloyati transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xodimlarining jismoniy, jangovar va kasbiy malakasi oshirilmoqda
Jizzax temir
yo`l vokzali va temir yo`l infratuzilmasi ob’ektlarida jamoat tartibini
saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi
kurashayotgan Jizzax viloyati transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi
xodimlarining kasbiy malakasini yanada oshirishga qaratilgan tadbirlar tashkil
etilmoqda. Xususan, soha xodimlarining shayligini ko`zdan kechirish maqsadida
saf ko`rigi va saf mashg`uloti o`tkazildi.
Bundan tashqari
shu kuni IIV maxsus operasiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Jizzax
viloyati maxsus otryadi bilan hamkorlikda “Jizzax temir yo`l vokzali”da amaliy
o`quv mashg`uloti o`tildi. Mashg`ulotda vokzal hududida aniqlangan shubhali
predmetni zararsizlantirish va xavfsizlik choralarini ko`rish yuzasidan
ko`rgazmali chiqishlar qilindi. Shuningdek, mas’ul xodimlar tomonidan shaxsiy
tarkibga portlovchi moddalar va portlatish uskunalarini aniqlash, zararsizlantirish
va yo`q qilishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish tartiblari hamda portlovchi
moddalar va qurilmalar to`g`risida tushunchalar berildi.
Ta’kidlash
joiz, viloyat transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi
o`rtasida haftaning chorshanba kunlari doimiy ravishda xizmat, jangovar va
axloqiy-psixologik, seshanba va juma kunlari jismoniy tayyorgarlik
mashg`ulotlari reja asosida tashkil qilib borilmoqda.