28 Noyabr 2023 yil 2838

Jizzax viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari kriminogen vaziyatni yaxshilash borasidagi ishlarni o`rganishdi

Jizzax viloyati prokurori, adliya katta maslahatchisi Islom Ergashxodjaev hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov, O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi boshlig`i, polkovnik Lochin Yaxshilikov va viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig`i, polkovnik Ravshan Ibragimovlar Jizzax shahri mahallalarida tungi xizmat jarayonini, jinoyatchilikni jilovlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o`rganishdi. Xususan, Bunyodkor, Yoshlik, Nurliobod, Mirzo Ulug`bek va Obod mahallalarida sektorlar rahbarlari hamda mahalla faollari bilan birga hududlarda joriy yilning o`tgan davrida sodir etilgan qonunbuzarliklar tahlil qilindi.

Muhokamada xotin-qizlar va yoshlar jinoyatchiligining oldini olish, ularni kasb-hunarga o`qitish va band qilish, tungi vaqtda odamlar qoladigan ijtimoiy soha ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash, kuz-qish mavsumiga ko`rilgan tayyorgarlik masalalariga e’tibor qaratildi. Shu bilan birga hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli hamda yoshlar etakchisi ish faoliyati samaradorligini oshirish bo`yicha kelgusida qilinishi lozim bo`lgan vazifalar belgilandi.

Bundan tashqari avvalgi o`rganishlar davomida belgilab berilgan vazifalar ijrosiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, Qo`shma qaror ijrosi hamda Dolzarb 40 kunlik tezkor-profilaktik tadbirlar doirasida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ko`p qavatli uylarni ta’mirlash, kuzatuv kameralari o`rnatish bo`yicha shahar mutasaddilariga vazifalar yuklatildi. Bundan tashqari mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog`lomlashtirish, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlari samaradorligini oshirish lozimligi qayd etildi.

Text to speech