Jizzax viloyatida Cyber-month oyligi boshlandi
Jizzax viloyatida 3 iyundan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi – “Cyber-month” kompleks targ`ibot tadbiri boshlandi. Shu munosabat bilan Jizzax
shahridagi kibersport arenasida matbuot va OAV vakillari, jurnalistlar va
blogerlar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, korxona va tashkilotlar
mas’ullari ishtirokida matbuot anjumani o`tkazildi. Tadbirda viloyat hokimi
o`rinbosari Akmal Savurboev va viloyat IIB boshlig`ining birinchi o`rinbosari,
podpolkovnik Akmal Muratov, IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi mas’ul xodimi Laziz
Atoevlar mazkur oylikning maqsad va vazifalari, rejalangan ishlar xususida
ma’lumot berishdi.
Ta’kidlanishicha, joylarda mobil targ`ibotlar bilan birga “Eng faol
mahalla”, “Internet tarmog`idan xavfsiz foydalanaman”, “Firibgarlardan ehtiyot
bo`ling”, “Eng yaxshi milliy kontent” kabi yo`nalishlarda tanlovlar, kibersport
musobaqalari, ИТ sohasida onlayn olimpiadalar, kibertahdidlardan himoyalanish
bo`yicha o`quv kurslari, sektorlar rahbarlarining fuqarolar bilan uchrashuvlari
tashkil etiladi.
Matbuot anjumanida kiberjinoyatchilarning aldoviga ishonib jabrlanlangan fuqarolar o`z kechmishlarini bayon etishdi. Bundan tashqari matbuot va ommaviy axborot vositalari vakillari mutaxassislardan o`zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati