17 Avgust 2024 yil 1844

Jizzax viloyatida istiqlolning 33 yilligi shukuhi


Jizzax viloyati ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolari, soha faxriylari hamda xizmat vaqtida halok bo`lgan xodimlarning yaqinlari O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligini nishonlashdi. “Bir bo`lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostidagi bayram tadbiri “Zomin” turistik rekreasiyaon hududi amfiteatrida o`tdi. Bayram avvalida viloyat IIB boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov yurtdoshlarimizni mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi bilan muborakbod etdi.

Badiiy dasturda Vatanni madh etuvchi diltortar kuy-qo`shiqlar yangradi. O`zbekkonsert Jizzax viloyat bo`limi xonandalari hamda so`z ustalarining chiqishlari yig`ilganlarga bayram kayfiyati ulashdi. Bundan tashqari taniqli estrada xonandalarining kuy-qo`shiqlari barchani o`yin-kulguga chorladi.

Shu kuni IIO xodimlari o`rtasida tashkil etilgan “Quvnoqlar va zukkolar – 2024” tanlovining mintaqaviy bosqichi ham o`tkazildi. Xususan, Samarqand viloyati IIBning “Sherdor”, Jizzax viloyati IIB “VSF” hamda Sirdaryo viloyati IIBning “Zo`r-zo`r” jamoalari belgilangan shartlar asosida bellashishdi. Bayram tadbir davomida tanlov g`olibligini qo`lga kiritgan jamoalar munosib taqdirlandi.

Text to speech