29 Noyabr 2023 yil
2828
Jizzax viloyatida kriminogen vaziyatni yaxshilash bo`yicha “Dolzarb 40 kunlik” tezkor-profilaktik tadbiri o`tkazilmoqda
Mazkur tadbir doirasida Jizzax shahriga tungi xizmatga jalb etilgan xodimlar uchun Mustaqillik maydonida xizmat oldi yo`riqnoma tashkil qilindi.
Tadbirda viloyat IIB boshlig`i, general-mayor G`.Qodirov kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlashda amalga oshirilishi lozim bo`lgan aniq vazifalarni belgilab berdi.
Tadbir davomida Jizzax viloyati IIB JXX probasiya bo`limining hududiy bo`linmalari xodimlariga xizmatda foydalanish uchun 13 dona elektroskuterlar topshirildi.