11 Aprel 2022 yil 552

Jizzaxda “Farovon kelajak sari” mavzuida III-Respublika forumi o’tkazilmoqda

Farovon kelajak sari

Ayni kunlarda Jizzax viloyatida “Farovon kelajak sari” III respublika forumi bo’lib o’tmoqda. Mazkur tadbir mamlakatimiz rahbarining 2022 yil 7 martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo’llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni asosida IIV hamda oila va xotin-qizlar davlat qo’mitasi tomonidan uyushtirildi.

 Respublikamizning barcha hududlaridagi ayollarni reablitatsiya qilish va moslashtirish hududiy bo’limlari rahbarlari, Jizzax viloyatidagi mahalla fuqarolar yig’inlarining xotin-qizlar bo’yicha mas’ullari hamda ichki ishlar organlarida profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar ishtirok etgan forumda asosiy e’tibor xotin-qizlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, qonunbuzarliklarning omillarini aniqlash va bartaraf etishga qaratildi.

 

Forum doirasida seminar-treninglar o’tkazildi

Jizzax viloyatida “Farovon kelajak sari” III respublika forumi davomida gender zo’ravonlik holatlarini aniqlash va mavjud muammolarga samarali barham berish ko’nikmalarini shakllantirish uchun ayollarni reablitatsiya qilish va moslashtirish hududiy bo’limlari xodimlari ishtirokida seminar-treninglar uyushtirildi. Jarayonda tazyiq va zo’ravonlikka uchragan xotin-qizlarga huquqiy, psixologik, tibbiy, ijtimoiy ko’mak ko’rsatish, ayollarni kasb-hunarga o’qitish, tadbirkorlikka yo’naltirish hamda bu borada davlat va jamoat tashkilotlari, xususan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish bo’yicha saboq berildi.

“5000 qadam”

Jizzax viloyatida “Farovon kelajak sari” III respublika forumi doirasida “5000 qadam” aksiyasi o’tkazildi. Xotin-qizlar Zomin tumani markazidagi Qayirma mahallasidan to Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasiga qarashli “Zomin” sog’lomlashtirish oromgohigacha bo’lgan masofani bosib o’tdilar.

Аyollar bellashuvlari

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasiga qarashli “Zomin” sog’lomlashtirish oromgohida xotin-qizlar shaxmat-shashka, stol tennisi, voleybol, futbol, arqon tortish bo’yicha kuch sinashdilar. YAkunda g’oliblar taqdirlandi.

Sumalak sayli

“Farovon kelajak sari” III respublika forumi doirasida Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasiga qarashli “Zomin” sog’lomlashtirish oromgohida sumalak sayli bo’lib o’tdi.

 

Ko’rgazmalar

“Farovon kelajak sari” III respublika forumi doirasida Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasiga qarashli “Zomin” sog’lomlashtirish oromgohida hunarmandlar tomonidan tayyorlangan buyumlar hamda ta’lim muassasalari, jumladan Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasiga biriktirilgan viloyat ko’zi ojiz va zaif ko’ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchilarining tasviriy va xalq amaliy san’atiga oid ko’rgazmalari namoyish qilindi.

 

Konsert

“Farovon kelajak sari” III respublika forumi doirasida Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasiga qarashli “Zomin” sog’lomlashtirish oromgohida Jizzax viloyati ko’zi ojiz va zaif ko’ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati badiiy jamoasi tomonidan konsert namoyish qilindi. 

 

Loyiha – amalda

“Farovon kelajak sari” III respublika forumi doirasida Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasiga qarashli “Zomin” sog’lomlashtirish oromgohida “YAshil makon” umummiliy loyihasi doirasida manzarali daraxt ko’chatlari ekildi.

 

Text to speech