28 Yanvar 2023 yil 524

Jizzaxda “General va yoshlar” uchrashuvi o’tkazildi

Markaziy harbiy okrugining Jizzax garnizonidagi harbiy qismda 100 nafar yoshlar ishtirokida o’tkazilayotgan 10 kunlik “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘ini davomida ishtirokchilarining harbiy qismda olgan taasurotlarini bilish va ular orasidan milliy armiyamiz saflarida qolish istagini bildirgan yoshlarga yangi imkoniyatlar yaratish hamda ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadida “General va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda Mudofaa vazirining Tarbiyaviy va mafkurafiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Oybek Saidov hamda Jizzax viloyati Ichki Ishlar boshqarmasi boshlig‘i G‘ayrat Qodirov, viloyat hokimligi, Yoshlar ishlar agentligi markaziy apparati vakillari hamda yig‘in ishtirokchilari qatnashishdi.

Unda har bir general o‘z xizmat faoliyati, hayotiy tajribalari va yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar xususida to‘xtalib, anashunday imkoniyatlar unumli foydalanib yurtimizni dunyoga tanitayotgan yoshlarni misol keltirishdi.

Shuningdek yoshlarga Qurolli Kuchlarda muddatli harbiy xizmatga borish va ishga qolish tartibi, oliy harbiy ta’lim muassasalarining imtiyozlari, shuningdek yurt himoyachilari erishayotgan yutuqlar yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tdi.

Ushbu ma’lumotlar yig‘in davomida harbiy xizmatga qolish istagida bo‘lgan yoshlarni shijoatini oshirib ularni yanada  ruhlantirdi.

Shundan so‘ng, generallar yoshlarning yig‘in davomida olgan taasurotlari, bilimlari, erishgan yutuqlari bilan qiziqib, yoshlarga so‘z berdi.

Birin ketin so‘zga chiqqan yoshlar, kasb-xunarga o‘rganib, tartib-intizomga ko‘nikkanayotganligini, tinchlikning va ota-onasining qadriga yetayotganligini va eng muhimi xar bir kunninng xar bir daqiqasini g‘animat bilib undan to‘g‘ri foydalanish kerakligini anglaganlarini bildirishdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning muammalori va murojaatlari atroflicha o‘rganilib, kontrakt asosida harbiy xizmatda qolish va kelgusi mavsumda muddatli harbiy xizmatga borish istaklarini bildirishdi.

Bu esa, men harbiy bo‘laman va Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilaman degan yoshlarni yanada ruhlantirdi.

Uchrashuvda xar bir yoshning kelgusidagi faoliyati ham alohida muhokama etilib, ularning o‘rgangan kasb xunarlari bo‘yicha shart-sharoitlar yaratish hamda tadbirkorliklarini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yakunda yig‘in ishtirokchilari uchun Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansamblining konsert dasturi namoyish etildi.

Text to speech