17 May 2024 yil 5038

Jizzaxda “Uch avlod” maslahat kengashining IV respublika konferensiyasi bo`lib o`tdi


Jizzax viloyatida “Yoshlar va biznesni qo`llab-quvvatlash yili” munosabati bilan ichki ishlar organlarining “Uch avlod” maslahat kengashining ИВ respublika konferensiyasi bo`lib o`tdi. Mamlakatimiz rahbarining 2023 yil 12 sentyabrdagi “O`zbekiston - 2030” strategiyasi to`g`risida”gi farmonida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida uyushtirilgan ushbu anjumanda yurtimizning barcha hududlaridagi ichki ishlar organlari faxriylar kengashlari a’zolari hamda yosh xodimlar ishtirok etdilar.

  Anjumanning birinchi kuni amaliy tadbirlar tashkil qilindi. Chunonchi, konferensiya qatnashchilari 5 ta guruhga ajralgan holda viloyatning barcha shahar va tumanlaridagi bir qator ta’lim muassasalari o`quvchilari,  ilm-fan, san’at, sport, hunarmandchilik, tadbirkorlik sohalarida yuqori natijalarga erishayotganlar hamda ichki ishlar organlariga biriktirilgan yoshlar bilan muloqot o`tkazishdi.

Bugun esa Zomin tumanidagi “Yoshlar markazi”da anjumanning nazariy qismi bo`lib o`tdi. Tadbirda Ichki ishlar vazirining o`rinbosari, general-mayor Davron Nazarmuxamedov, Ichki ishlar vazirining maslahatchisi, iste’fodagi general-polkovnik Zokirjon Almatov, Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov va boshqalar so`zga chiqdilar.

Muloqot chog`ida ichki ishlar organlariga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash, ichki ishlar organlarining yosh xodimlari bilan tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish, mazkur yo`nalishlarda ilg`or uslub va tajribalarni qo`llash masalalari e’tiborda bo`ldi.

Anjuman yakunida faxriylar kengashlari tomonidan joylarda amalga oshirilishi lozim bo`lgan bir qator vazifalar belgilab olindi.

 

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati.

Text to speech