Jizzaxlik inspektor bir kishining hayotini saqlab qoldi
Jizzax viloyati SHarof Rashidov tumani IIB 8- sonli ichki ishlar bo’linmasi 40- sonli mahalla huquq-tartibot maskani profilaktika inspektori, katta leytenant Farrux Begimqulov bir fuqaroning hayotini saqlab qoldi. Profilaktika inspektoriga SHarof Rashidov tumanining Xalqobod mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro qo’ng’iroq qilib, mahalladoshi ko’chada mast holda yurganligini bildirgan.
Mazkur murojaat asosida katta leytenant aytilgan joyga yetib borganida turmush o’rtog’i bilan janjallashgan mast erkak hovlisidagi molxonaga kirib ketganligi ma’lum bo’ldi. Zudlik bilan uning ortidan borgan profilaktika inspektori erkakning og’ilxona boloriga o’zini osganligini ko’rib, uning oyoqlaridan ushlab yuqoriga ko’targan. SHundan so’ng ayol keltirgan pichoqda arqonni kesib, jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko’rsatdi.
Ko’p o’tmay erkak tez yordam mashinasida shifoxonaga yetkazilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi, tez orada kasalxonadan chiqadi.