9 Yanvar 2023 yil
483
“Zomin” oromgohida hordiq chiqarildi
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasiga qarashli “Zomin” oromgohida 30 nafar soha vakillari o’z oila a’zolari bilan birgalikda 2 kun davomida hordiq chiqarishdi. CHunonchi, ular futbol, basketbol va tennis o’ynadilar. SHuningdek, toqqa sayohat uyushtirildi, dam oluvchilar chanada uchib, qorbo’ron o’ynab, quvnadilar.
Tunda olov qarshisida bahru bayt bahsi kechdi. Kutubxonada kitob o’qishu, tomosha zalida mul’tfil’m ko’rishga ham vaqt topildi. Qolaversa, viloyat san’atkorlarining konserti tashkil qilindi. Xullas, ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolarining har daqiqasi maroqli kechdi.