29 Noyabr 2022 yil 628

Zomin tumanida sayyor sud o’tkazildi

Jinoyat ishlari bo’yicha Zomin tuman sudi tomonidan sayyor sud majlisi o’tkazildi. Sudda tuman ichki ishlar bo’limi jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya guruhi nazoratida jazo o’tayotgan shaxslarning jazosini yengillashtirish bilan bog’liq ishlar ko’rildi.

Qayd etish joiz, viloyat hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. SHu qatorda IIO probatsiya guruhi hisobida turib jazo o’tayotgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish va qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish, belgilangan tartibga amal qilib, tuzalish yo’liga o’tganlariga insonparvarlik tamoyili qo’llanilayotir. Xususan, Zomin tumani IIB probatsiya guruhining taqdimnomasi asosida jinoyat ishlari bo’yicha tuman sudi tomonidan sayyor sud majlisida ham qilgan ishidan chin ko’ngilda pushaymon bo’lib, tuzalish yo’liga o’tgan 7 nafar mahkumlarning ishi ko’rildi.

Ushbu shaxslar tuzalish yo’liga o’tganligi bois muddatidan ilgarli shartli ravishda ozod etildi. SHu kuni mahkumlarga jazo o’tash tartibi, belgilangan qoidalarga to’liq rioya qilganlarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan yengilliklar hamda jazodan bo’yin tovlashning xuquqiy oqibatlari ham tushuntirildi.

 

Text to speech