12 Iyul 2024 yil 2170

Zomin tumanida sektor rahbari aholi bilan muloqot o`tkazdi

Zomin tumanida Jizzax viloyati IIO, sudlar, prokuratura, adliya va soliq idoralari mutasaddilarining sayyor qabuli o`tkazildi. Mazkur jarayonda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari qatorida viloyat IIB boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirovga qonunbuzarlarga nisbatan chora ko`rish, etkazilgan moddiy zararni undirishga oid masalalar bo`yicha murojaatlar qilindi. Qabul davomida huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarning 3 tasi joyida hal etilib, vaqt talab etadigan muammolar bo`yicha mas’ul korxona va tashkilotlar mutasaddilariga topshiriqlar berildi.

Bir necha fuqaro esa viloyat IIB boshlig`iga qilgan murojaatlari ijobiy hal etilganligi uchun soha xodimlariga minnatdorlik bildirishdi.

Ta’kidlash joiz, sayyor qabulda fuqarolar tomonidan ko`tarilgan kamchiliklarni bartaraf etish jarayoni O`zbekiston Prezidentining Jizzax viloyatidagi Xalq qabulxonasi tomonidan nazorat qilinadi.

Text to speech