18 Oktyabr 2024 yil 3035

Zomin tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlarining sayyor qabuli o`tkazildi

Tuman markazidagi bolalar musiqa va san’at maktabida o`tgan qabulda sudlar, prokuratura, adliya va soliq idoralari qatori ichki ishlar organlariga 10 ga yaqin fuqaro o`zlarini qiynayotgan masalalarda murojaat qilishdi.

Xususan, qonunbuzarga nisbatan chora ko`rish, etkazilgan moddiy zararni undirish, bandlik, piyodalar yo`lagi qurish, firibgarlik kabi masalalarda ko`mak so`raldi. Ayrim fuqarolar jinoyatchilikni jilovlash, osoyishtalikni ta’minlash yo`lida xizmat qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlariga minnatdorchilik ham bildirishdi.

Jarayonda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari, podpolkovnik Azizbek Xabibullaev har bir ijtimoiy, huquqiy va iqtisodiy masalalarni mas’ullar ishtirokida ko`rib chiqib, ularni hal etish nuqtai nazaridan mas’ullarga vazifalar yukladi.

Sayyor qabul davomida 16 yoshga to`lgan 2 nafar yoshlarga hamda O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan 3 nafar shaxslarga ИД kartalar topshirildi.

Text to speech