Zomin tumanida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbiri o`tkazildi
Zomin tumanida jamoat xavfsizligini ta’minlash,
jinoyat hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyatni
barqarorlashtirish, jamoat tartibini saqlash maqsadida “Xavfsiz hudud”
profilaktik tadbiri o`tkazildi. Mazkur tadbirga jalb etilgan sohaviy xizmatlari
xodimlari uchun yo`riqnoma o`tildi. Aholi osoyishtaligini saqlash, kriminogen
vaziyat barqarorligini ta’minlashga qaratilgan aniq vazifalar belgilandi.
Tadbirda soha xodimlari tomonidan ko`p qavatli uylar,
korxona va tashkilotlar ko`zdan kechirildi. Jarayonda 60 nafarga yaqin shaxslar
mayda bezorilik, jamoat joyida spirtli ichimlik iste’mol qilish hamda pasport
tizimi qoidalarini buzganligi uchun tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma
rasmiylashtirildi. Bemaqsad yurgan fuqarolar bilan profilaktik suhbat
o`tkazildi.
Hamid Olimjon mahallasida istiqomat qiluvchi 1973
yilda tug`ilgan fuqaro yonidan 3,56 gramm og`irlikda marixuana topildi. Bundan
tashqari profilaktika inspektori tomonidan turli xil ma’muriy
huquqbuzarliklarga qonuniy qaror qabul qilish uchun yuborilgan 14 ta ma’muriy
ish hujjatlari jinoyat ishlari bo`yicha Zomin tuman sudi tomonidan ko`rib
chiqildi.
Shuningdek, viloyat ichki ishlar boshqarmasi jamoat
xavfsizligi xizmati YHXB xodimlari tomonidan 248 ta avtotransport vositalari ko`zdan
kechirildi. O`rganish davomida 110 nafar haydovchi yo`l harakati qoidalarini
buzganligi aniqlandi. 27 ta transport vositalari jarima maydoniga
joylashtirildi.
“Xavfsiz
hudud” profilaktik tadbiri doirasida chet davlatlariga borib qaytgan fuqarolar,
probasiya va ma’muriy nazorat ostida turuvchi shaxslar bilan suhbat o`tkazildi.
Ko`p qavatli uylar va savdo komplekslarida fuqarolarga o`zlariga tegishli
mol-mulklarni qarovsiz qoldirmaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib
borildi.
Zomin tumani hududida ijtimoiy vaziyat barqarorligini
ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga
qaratilgan keng qamrovli tezkor-profilaktik ishlar davom etmoqda.