9 Sentyabr 2021 yil 592

Zominda 3- sektor otaliqqa olgan maktabni zamonaviy ko’rinishga keltirdi

Zomin tumanidagi 39- sonli o’rta umumta’lim maktabini Zomin ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi otalig’iga olgan. O’tgan yozgi mavsumda ushbu maskanda qator qurilish-ta’mirlash ishlari olib borildi.

Xususan, yo’l harakati maydonchasi bunyod etildi. YAngi o’quv yili boshlanishi bilan ushbu maydonchada tuman ichki ishlar bo’limi yo’l harakati xavfsizligi bo’linmasi xodimlari tomonidan o’quvchilarga mashg’ulotlar o’tila boshlandi. Ta’kidlash joizki, avtomaydoncha tuman 3- sektori tomonidan bolalar bilan bog’liq yo’l transport hodisalarining oldini olish, harakat chog’ida qoidalarga amal qilishni targ’ib etish, yo’l belgilari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan.

Bundan tashqari, tuman ichki ishlar boshqarmasi homiyligi va rahbariyatning nazoratida o’quv binosining tashqi fasad qismi ham ta’mirlandi. Kirish eshik va darazalari yangilandi. Isitish tizimini to’liq almashtirilib, ichki yo’llar hamda bino yon atroflari tekslandi. SHu qatorda maktab optik tolali kabel orqali internet tarmog’iga ulandi.

Kechagina boshlangan yangi o’quv yilida 81 nafar bolajonlar birinchi sinfga qabul qilindi. Bugungi kunda o’rta umumta’lim maktabida 715 nafar o’quvchilarga 45 nafar pedagoglar saboq berishmoqda. Dars jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanilayapti. Ta’lim tizimiga qaratilgan e’tibor natijasi qolaversa, 3- sektor tomonidan ko’rsatilayotgan bunday yordamdan pedagog jamoa mamnun.

Qisqasi, tuman ichki ishlar boshqarmasi tomonidan yosh avlodning fan sirlarini chuqur egallashi uchun zarur sharoitni yaratish, o’quvchilarning huquqiy bilimini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlari, amaliy sa’yi-harakatlari o’z natijasini bermay qolmaydi, albatta.

 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech