Zominda aholi va yoshlar muammolarini o’rganish maqsadida sayyor qabul o’tkazildi
Jizzax viloyati IIB boshlig’ining birinchi o’rinbosari,
podpolkovnik Akmal Muratov aholi muammolariga yechim topish maqsadida Zomin tumanida
aholi, xususan yoshlar bilan uchrashdi. Tumanning Paxtakor mahallasidagi 43- sonli
o’rta umumta’lim maktabida o’tgan sayyor qabulda fuqarolar o’zlarini qiynab kelayotgan
muammolarini bayon etishdi. Xususan, ichimlik suvi tarmog’ini yangilash, o’rta umumta’lim
maktabining isitish tizimini ta’mirlash va sport zali qurish hamda bandligini ta’minlashda
amaliy yordam zarurligi aytildi. Muloqotda, shuningdek yashash xonadonini ta’mirlash,
qonunbuzarga tegishli chora ko’rish, tomorqa xo’jaligi uchun oqar suv olib kelish,
salomatligini tiklash, kadastr hujjati va yashash xonadonini tabiiy gaz tarmog’iga
ulash kabi masalalarga mutasaddilar ishtirokida yechim izlandi.
Sayyor
qabulda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mavjud kamchiliklarni
hamda bayon etilgan masalalarni joyida bartaraf etish bo’yicha sektorlar rahbarlari,
tegishli idoralar mas’ullari va mahalla faollariga topshiriqlar berildi.
Tadbir davomida ehtiyojmand fuqarolarning 6 nafariga elektr
pechlari, 9 nafar yoshlarga safarbarlik chaqiruv rezervi uchun, 4 nafariga oliy
ta’lim muassasasiga shartnoma puli to’lab berilganligi haqidagi sertifikatlar, 16 yoshga to’lgan 4 nafar
shaxslarga O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID kartalar topshirildi.
Bundan tashqari bir guruh faol va tashabbuskor yoshlar viloyat IIB boshlig’ining faxriy yorliq hamda estalik
sovg’alari bilan taqdirlanishdi.