Zominda sayyor sud o’tkazildi
Jinoyat ishlari bo’yicha Zomin tuman sudi tomonidan tumandagi Mustaqillik mahallasida sayyor sud majlisi o’tkazildi. Sudda “Jazoni ijro etish muassalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat o’rnatish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuni asosida Zomin tuman ichki ishlar boshqarmasining taqdimnomasiga binoan 8 nafar shaxslarga ma’muriy nazorat o’rnatish bilan bog’liq ishlar ko’rildi. Sud majlisida jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan fuqarolarning qonun talabini buzganligi bilan bog’liq holatlar tanishildi va ularning barchasiga bir yil muddatdan ma’muriy nazorat o’rnatildi.
Bundan tashqari, sayyor sudda qatnashchilarga ma’muriy nazorat tartiblari tushuntirildi. Belgilangan hudud doirasidan ichki ishlar organlarining ruxsatisiz chiqmaslik va alkogolli ichimliklarni iste’mol qilmaslik kabi qoidalarga amal qilishlari lozimligi uqtirildi.
SHu kuni ma’muriy nazorat qoidalarini buzish bilan bog’liq jinoyat ishi ham ko’rildi. Sud hukmi bilan ushbu shaxsga nisbatan tegishli jazo tayinlandi.