4 Aprel 2023 yil 400

Zominda Vazir kubogi uchun musobaqa o’tkazilmoqda

Ayni kunlarda yurtimizning turli hududlarida O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri kubogi uchun IIV tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo’linmalari xodimlari o’rtasida futbol musobaqalari o’tkazilyapti. Jumladan, “S” guruh bahslari Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi markaziy stadionda kechmoqda.

Ushbu bosqichda IIV xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo’shinlari qo’mondonligi, Toshkent shahri hamda Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari ichki ishlar boshqarmalarining 5 ta jamoasi ishtirok etayotir. Dastlab IIV xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo’shinlari qo’mondonligi va Jizzax viloyati IIB jamolari kuch sinashdilar. Bu o’yinda 3-1 hisobida mehmonlarning qo’li baland keldi.

Poytaxt va Sirdaryo viloyatlari vakillari bellashuvida esa 5-1 hisobi qayd etildi. “S” guruh bahslarini 7 aprel’ kuni nihoyalash rejalashtirilgan. SHu kuni g’olib jamoalarga keyingi bosqich yo’llanmalari topshiriladi.

Text to speech